07 jan 15:01
Yangiliklar
Boks/MMA
Jonni Uoker Xamzat CHimaevning ustidan kuldi
Yarimog'ir vaznda jang qiluvchi UFC jangchisi Jonni Uoker kutilmaganda o'rta vaznda kurash olib boruvchi Xamzat CHimaevning ustidan kuldi.
Braziliyalik jangchi Xamzatning koronavirus tufayli faoliyatini yakunlamoqchi bo'lganini esladi.
"Men ikkinchi marta koronavirusga musbat test topshirdim. Ikki oy oldin vakcina olgan edim. Ammo, baribir kasallandim. Hozir menda grippga o'xshab ketadigan simptomlar kuzatilmoqda.
Nima men Xamzat CHimaevga o'xshaymanmi? Qandaydir mayda virus meni jang qilishdan to'xtata olmaydi", -deb yozadi Jonni Uoker.
Eslatib o'tamiz, o'tgan yili Xamzat CHimaev aynan koronavirus sabab faoliyatini yakunlaganini elon qilgandi. Keyinchalik esa u bu qaroridan qaytib yana jang qilishni boshlagandi.
Havola :
Manba : ESPN MMA
Fikrlar