01 sen 16:09
Yangiliklar
Boks/MMA

Joshua Fyuriga qarshi jang haqida: Men shuning uchun ham yashayapman
Superog'ir vazn toifasi chempioni Entoni Joshua Kubrat Pulevga qarshi bo'lajak jang haqidagi fikrlarini bildirib o'tdi.
"Kubratga qarshi jangim sanasi yaqinlashib qolmoqda. Men dekabrda ringga chiqmoqchiman, menga eng yaxshilar bilan jang qilish yoqadi. Pulev chempionlik uchun davogar. Men beshta jahon chempionini mag'lub etdim, endi esa xavfli davogar meni kutmoqda.
Pulevga qarshi jangdagi g'alaba menga yangi chorlov beradi. Bu chempion Fyuriga qarshi jang bo'ladi. Nasib qilsa, men Tayson Fyuriga qarshi va WBC kamari uchun bo'ladigan jangga erishaman. Men aynan shuning uchun yashayapman", - dedi Joshua.
Havola :
Manba : Sky Sports
Fikrlar