27 iyu 11:04
Yangiliklar
Boks/MMA

Joshua nima uchun o'zini AQSHda hurmat qilmasliklarini aytdi
Superog'ir vazn toifasi bokschisi Entoni Joshua nima uchun Amerika Qo'shma SHtatlarida mashhur emasligi haqida gapirdi.
"Superog'ir vazn toifasiga o'tganimda, bu yangilik bo'lgandi va men o'shanda: "Barchaga "vyzov" tashlashga imkon bering" deya o'ylaganman. Balki o'shanda britaniyalik bo'lganim uchun meni xech kim hurmat qilmagandir. Ammo men doimo superog'ir vaznni Britaniyaga qaytarishga harakat qilganman va biz kuchli ekanligimizni ko'rsatib qo'yishni istaganman.
Bazida meni qirolicha bilan choy ichib o'tiruvchi sifatida ko'rishadi. O'shanda menga divizion etakchisi sifatida qarashmagan. Odamlar shunchaki Entoni Joshua ko'zgu oldida o'tirishni yaxshi ko'radigan bola deb hisoblashgan", - dedi Joshua.
Havola :
Manba : The Sun
Fikrlar