07 iyu 12:16
Yangiliklar

Joshua o'zi jang qiladigan vaznning tarixdagi eng yaxshi bokschisini aytdi
"Muhammad Ali ringdan tashqarida eng buyuk bo'lgani aniq. Odamlar o'sha paytda nima uchun kurashayotgan edi-ya. Ken Norton, Jo Freyzer, Floyd Patterson, Archi Mur, Jorj Forman va boshqalar. U zo'rlarning zo'ri bilan jang qilgan, bor kuchini sarf qilgan.
Taysonda ham Alida bo'lgani singari holat. Mayk Taysonning harakatlari fenomenal, deb o'ylayman. SHunchaki, fenomenal. Xatto so'z bilan tariflay olmayman. U men uchun birinchi raqamli", - dedi Joshua IFL TV YouTube kanaliga bergan intervyusida.
Avvalroq, Mayk Tayson qamoqda o'tkazgan kunlarini hayotining eng maroqli damlari ekanligini aytgan edi.
Malumot o'rnida, Joshuaning o'zi navbatdagi jangini 20 avgust kuni Aleksandr Usikka qarshi o'tkazadi.
Fikrlar