07 may 10:28
Yangiliklar
Boks/MMA

Joshua Uaylder bilan shu yilning o'zida jang o'tkazish imkoniyatini 95 foizga baholadi
Superog'ir vazn toifasida WBA, IBF va WBO yo'nalishlari chempioni Entoni Joshua WBC chempioni Deontey Uaylder bilan imkon qadar tezroq jang o'tkazish istagi borligini malum qildi.
Britaniyalik jahon chempioni amerikalik raqibi bilan shu yilning o'zidayoq birlashtiruvchi chempionlik jangi o'tkazilishi tarafdori bo'lmoqda.
“Bu jangning shu yilning o'zidayoq o'tkazilish ehtimoli 95 foizga teng. Men jangning Britaniyada o'tkazilishi tarafdoriman. Uaylder va uning jamoasi esa Amerikani afzal bilishmoqda. Bizda hali kelishib olish uchun vaqt bor. Eng muhimi, men ham, Deontey ham bu jangdan yaxshigina gonorar ishlab olamiz”, — dedi Joshua Sky Sports nashriga bergan intervyusida.
Havola :
Fikrlar