14 okt 18:18
Yangiliklar

Joshua - Uaylder: Muzokara hal qiluvchi pallaga kirdi
Hozirda bokschilarning promouterlari jangni kelasi yilning aprel oyida tashkil etish bo'yicha muzokara o'tkazishmoqda. Joshuaning promouteri Eddi Xirnning aytishicha, tomonlar kelishuvga erishishga ancha yaqin kelishmoqda.
“Biz Uaylderning jamoasi bilan muzokaralarni davom ettiryapmiz. Bunday janglarni tashkil etish oson emas. CHunki, jangda o'rtaga superog'ir vazn toifasidagi barcha chempionlik kamarlari qo'yiladi. Bir narsa aniqki, Joshua bu jangning ishqida yonmoqda. Hamma gap Uaylder va uning jamoasida qolgan”, - dedi Xirn.
Eslatib o'tamiz, Deontey Uaylder 1 dekabr kuni AQSHda sobiq jahon chempioni britaniyalik Tayson Fyuriga qarshi ringga ko'tariladi. Bu jang natijasidan qatiy nazar, Joshua - Uaylder bahsi o'tkazilishiga umid qilinmoqda.
Fikrlar