08 iyu 11:52
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/222307_220.jpg)
Joshuaga qarshi jangga tayyorgarlik ko'rayotgan Usik mashg'ulotdan surat namoyish etdi + FOTO
Superog'ir vaznda WBA Super, WBO, IBF va IBO yo'nalishlari chempioni Aleksandr Usik ushbu kamarlarning sobiq sohibi Entoni Joshuaga qarshi kechadigan revansh jangiga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.
Ukrainalik jahon chempioni o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalariga mashg'ulotdan surat ham namoyish etdi. Usik - Joshua jangining sanasi va manzili tez orada rasman elon qilinadi. Jangga katta ehtimol bilan Saudiya Arabistonining Jidda yoki Ar-Riyod shahri mezbonlik qiladi.
Avvalroq, Usik va Joshua o'rtasidagi revansh jangining 20 avgust o'tkazilishi haqida xabar berilgan edi. Bokschilarning ilk jangi 12 raund to'liq davom etgan va Aleksandrning 116-112, 117-114, 115-113 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlangandi. Ushbu jang The Ring jurnali tomonidan 2021 yil voqeasi sifatida etirof etilgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar