10 okt 16:22
Yangiliklar
"Joshuani boplab do'pposlayman, keyin Usikdan o'chimni olaman". Fyuri boksdan ketish oldidan rejalari haqida gapirdi
"Usik bilan uchinchi jangni o'tkazishni xohlayman, chunki qalbimning tubida o'sha ikki jangda ham g'alaba qozonganimni bilaman. Ammo qandaydir sabablarga ko'ra hakamlar g'alabani menga emas, unga berishdi. Aleks ham bu jangni xohlayapti, chunki uning ham qalbi tubida: “O'shanda g'alaba qozondimmi yoki yo'qmi?” degan savol bor. Usikning o'zi ham kamera qarshisida bu janglar juda yaqin o'tganini tan olgan. Agar hakamlar g'alabani menga berishganida, Aleks bunga etiroz bildirmagan bo'lardi.
Menda buni to'g'rilash uchun yana bir imkoniyat bo'lishini istayman. Faoliyatni yakunlashning bundan yaxshiroq usulini tasavvur qila olasizmi? Avval Kardiffda 80 ming tomoshabin oldida anavi bomjni boshidan oxirigacha boplab do'pposlayman, keyin esa quyon Usikdan o'ch olish uchun “Medison Skver Garden”ga yo'l olaman", — deya Fyurining so'zlarini keltiradi The Ring jurnali.
Fikrlar