22 sen 12:37
Yangiliklar
Boks/MMA

Joshuaning murabbiyi ehtimoliy Usik - Uaylder jang haqida gapirdi
Superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Entoni Joshuaning murabbiyi Robert Garsiya Aleksandr Usik va Deontey Uaylder o'rtasidagi ehtimoliy jang haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Usik Uaylder bilan jang qilishni xohlaydimi? Bu juda katta va ajoyib jang bo'lar edi. Menimcha, Usik ajoyib mahoratga ega, u juda qiyinchilik tug'diradigan raqib.
Ammo, Uaylderning kuchi bor, siz undan ehtiyot bo'lishingiz kerak. Pancherda doim bitta zarba berish uchun imkoniyat bo'ladi. Bu zarba 1-raunddan 12-raundgacha saqlanib turadi.
Biroq, Tayson Fyuri bu zarbadan qochish va g'alaba qozonish uchun etarlicha aqlli edi. Bu qiziqarli jang va uni ko'rishni istardim, — dedi Garsiya.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar