So’nggi yangiliklar

10:28Собиқ UFC маликаси Лиана Жожуа Karate Combat турнирида жанг қилди (ВИДЕО) 0 10:05Бугун Тошкентда самбо бўйича ёшлар ўртасида Ўзбекистон чемпионати бошланади 0 09:43UFC Seatle: Адесанья рақиби билан бир хил тош босди (тарози натижалари) 0 09:20Фабио Каннаваро: "Бу ғалабага хурсанд бўлиб қолмаслигим керак. Жаҳон чемпионати умуман бошқа даражада бўлади" 0 08:30Алекс Перейра UFC'нинг энг кўп даромад олувчи жангчисига айланди 0 20:57FIFA Series. Ўзбекистон Габонни мағлубиятга учратди 0 18:45МЮ италиялик хавбекни қўлга киритмоқчи 0 18:20Одилхон Тошкентда жанг қилади. Рақиб эълон қилинди (ВИДЕО) 0 17:56Георгий Агзамов халқаро хотира турнири якунланди 0 17:30Шавкат Раҳмоновнинг рафиқаси озодликдан маҳрум қилиш жазосига ҳукм қилинди 0 17:04Абдуқодир Ҳусанов Габон билан баҳсда майдонга туша олмайди. Сабаби маълум 0 16:39Эртага Самарқандда ATFC 28 турнири бўлиб ўтади 0 16:14Тошкентда қиличбозлик бўйича Жаҳон кубоги босқичи бошланди 0 15:49UFC Сиэттл турнирининг тўлиқ карди тасдиқланди 0 15:242026 йилда футбол клублари учун 560 млрд сўм ажратилади, Суперлига ва Пролига футболчилари даромад солиғидан озод этилади — Президент Қарори 0

06 iyu 13:53
Yangiliklar

Boks/MMA

Joshuaning murabbiyi: "Unga doim buni eslatib turamiz"

Murabbiy Robert Garsiya WBO, WBA, IBF va IBO kamarlari sohibi Aleksandr Usikka qarshi revansh jangi oldidan shogirdi Entoni Joshuaning sport formasi haqida gapirdi.

SHu bilan birga Garsiya Joshuani ukrainalik bokschiga qarshi jiddiy tayyorgarlik ko'rgani va mutlaq jahon chempionligini maqsad qilganini takidladi.  

"Hammasi ajoyib. Biz bu jangga qattiq tayyorgarlik ko'rdik. Joshua barcha kamarlarni qo'lga kiritmoqchi. Buni amalga oshirish uchun u birinchi navbatda Usikni mag'lub etishi kerak. Entoni jangga jiddiy tayyorgarlik ko'rdi va aytilgan vazifalarni g'ayrat bilan bajardi. 

U ko'plab jang videolarini ko'rib, ancha narsa o'rgandi. SHunday ekan bizda hammasi joyida. Biz dekabrdan beri jangga tayyorgarlik ko'rayapmiz. Joshua jang kuni ajoyib kayfiyatda ringga ko'tariladi va o'z ishini bajaradi. U nima qilish kerakligini biladi. Men va butun jamoa bundan xursandmiz.

Usik doim ajoyib bokschi bo'lgan. U mening sport zalimda revansh jangiga tayyorgarlik ko'rdi. Biz ularga hazil qilamiz. Ammo, tan olish kerak ular o'z ishining ustalari", - dedi Robert Garsiya.

Entoni Joshua va Aleksandr Usik o'rtasidagi revansh jangi 20 avgust kuni Saudiya Arabistonining Jidda shahrida bo'lib o'tadi.

Eslatib o'tamiz, bokschilar o'rtasidagi ilk jang 2021 yilning oktyabr oyida Nottingem (Buyuk Britaniya) shahrida o'tkazilgan bo'lib, o'shanda Aleksandr Usik Joshuani ochkolar hisobida mag'lub etgandi.

Reyting:    

Fikrlar

   
07 iyu 07:14:28
baksyor
Jang londonda totenhem arinada bulgan sal etiborli bulizlar ikkinchi marotaba shunday yozayapsizlar
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing