So’nggi yangiliklar

19:12Қозоғистонлик боксчи Шоҳжаҳон Эргашевга жавоб қайтарди 0 18:30Одилхон Камолов "Alash & Mangu" турнирида жанг қилади 0 17:54"Барселона" январь ойида "Челси" футболчисини ижарага олишга тайёр 0 17:09Мунгия — Зон жанги ғолиби Бектемир Мелиқўзиев билан тўқнаш келади 0 16:40Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги жанги санаси ва манзили маълум — манба 0 16:27Кудерметова ва Тимофеева Гуанчжоу турнири финалига чиқди 0 15:15Сауль Альварес тарозига чиқди, бугун чемпионлик жанги! 0 14:44Дунёнинг энг яхши мураббийи номига номзодлардан бири овоз бериш якунларига кўра бирорта ҳам очко тўплай олмади 0 14:13Уч нафар эркин курашчимиз жой олган RAF рейтинги янгиланди 0 13:42Раҳмонов жамоасидагилар собиқ UFC чемпиони билан бўладиган жангга изоҳ беришди 0 13:11Александр Волков: "Жон Жонс энг буюк, лекин мен уни мағлуб эта оламан" 0 12:40"Арсенал" етакчиси "Бавария"га ўтиши мумкин 0 11:59Терма жамоамизнинг сўнгги гуруҳи Жаҳон чемпионатига йўл олди 0 11:28WTA 500. Раҳимова ва дунёнинг 23-ракеткаси ўртасида финал тақдири ҳал бўлди 0 10:47Суперлига. Бугун яна учта учрашув бор 0

25 dek 18:39
Yangiliklar

Boks/MMA

Joshuaning promouteri Pol bilan jang sahnalashtirilgani haqidagi ayblovlarga javob qaytardi

Teglar :  JoshuaJeyk Pol
Entoni Joshuaning promouteri Eddi Xirn amerikalik Jeyk Polga qarshi jang sahnalashtirilgan, degan ayblovlarga javob qaytardi.

Jang 20 dekabr kuni Mayami shahrida (Florida, AQSH) bo'lib o'tgan va Joshuaning oltinchi raunddagi nokautli g'alabasi bilan yakunlangan.

"Hozir ham odamlar: “Ha, bu albatta kelishilgan jang edi”, deb gapirishyapti. Bugun bitta yigit mening postlarimdan biriga izoh qoldirdi: “Bu aniq sahnalashtirilgan edi”, dedi. Men unga javob berdim: “Sen Jeykning jag'ini ikki joydan sindirib olganini tushundingmi?”

Ehtimol, Jeyk umuman boshqa hech qachon boks tusha olmasligi ham mumkin. Bu haqda deyarli hech kim gapirmayapti. Odamlar Jeykka shunchaki sim qo'yishadi, bir necha vint qadashadi va u davom etadi, deb o'ylashadi. Lekin ko'plab jangchilar jag'ini sindirgandan keyin hech qachon ringga qaytmagan.

Hammasi 100 foiz haqiqiy edi. Hech qanday strategiya, kelishuv yoki scenariy bo'lmagan. Entoni imkoni boricha erta aniq zarba berishni xohlagan. Afsuski, buni u faqat oltinchi raundda uddaladi.

Biz Jeyk bunday bo'lishini istamagandik. Biz jangda g'alaba qozonishni va uni yakunlashni xohladik, xolos. Barcha tavakkalchilikni u ringda o'zi zimmasiga oldi. Uning tiklanishiga umid qilamiz", — dedi Xirn.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing