16 apr 18:33
Yangiliklar
Boks/MMA
Joys sensacion mag'lubiyatdan so'ng o'z fikrlarini bildirdi
WBO yo'nalishida sobiq vaqtinchalik chempion Jo Joys bugungi mag'lubiyatdan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
Joys bugun sensacion tarzda xitoylik CHjan CHjileyga 6-raundda yutqazib qo'ydi va faoliyatidagi ilk mag'lubiyatni qabul qilib oldi.
"Bunday jangimdan afsusdaman. U menga chap qo'li bilan zarba berishda davom etdi, men esa zarba chizig'idan chiqib keta olmadim. Unga faqat hurmat bilan yondoshaman. Bu yaxshi jang edi, ammo men bundan ham yaxshiroq chiqish qila olardim. Anchadan beri chapaqay bokschi bilan jang qilmagandim. U yaxshi jangchi, ammo men maksimumni ishga solib, g'alaba qozonishimga ishongandim.
Muxlislardan kechirim so'ramoqchiman. Men qaytaman, hali ishim yakuniga etgani yo'q", - dedi Joys.
Havola :
Manba : Boxing Scene
Fikrlar