12 noy 12:30
Yangiliklar
Boks/MMA

Joze Aldo: "Xabib nega menga rad javobini berganini haligacha bilmayman"
Taniqli UFC jangchisi Joze Aldo 2016 yilda Xabib Nurmagomedov bilan jang qilish ehtimoli bo'lgani haqida so'zlab berdi.
"Menga murabbiyim qo'ng'iroq qildi va Xabib bilan jang taklif qildi. O'sha zahoti unga rozi ekanimni aytdim. Men o'shanda yarim engil vaznda chempion edim. Xabib bu yaxshi fikr emasligini tushundi shekilli, jangga rozi bo'lmadi. U nega buni rad etganini haligacha bilmayman. Lekin bu ajoyib jang bo'lgan bo'lar edi.
Men o'zimni sinab ko'rmoqchi edim. Atrofimdagilar meni kuchli grepler deb o'ylashadi. Ammo, bunday emas. SHu sabab ham, Xabib bilan jang menga yaxshi tajriba bo'lgan bo'lardi", - deydi Joze Aldo.
Havola :
Manba : bjpenn.com
Fikrlar
29 0 эсиздан чикарменг (Конор Порье Жастин Барбоза Рафаел Дос антос Майкл Жонсон )
29:0 ????