09 okt 13:12
Yangiliklar
![](/upload/storage/46515_220.jpg)
Kaliforniyadagi oltovlon yoxud AQSHdagi prof bokschilarimiz soni ortib boryapti + FOTO
Rossiyaning "Mir Boksa" promouterlik kompaniyasi bilan hamkorlik qilayotgan hamyurtlarimiz hozirda Kaliforniyada mashg'ulotlarni o'tkazishyapti. Bokschilarimiz bilan murabbiylarimizdan biri To'lqin Qilichev ham mashg'ulot o'tkazyapti.
Bugungi kunda Amerikada charm qo'lqop ustalarimizdan Bahodir Jalolov, Sanjar Tursunov, Murodjon Ahmadaliev, Elnur Abduraimov, Mahmud G'oipov hamda ularning safiga yaqindagina borib qo'shilgan Isroil Madrimov prof boks bilan shug'ullanyapti.
Bokschilarimizdan Sanjar Tursunov, Mahmud G'oipov, Isroil Madrimov hali prof ringda jang o'tkazishmadi. Qolgan hamyurtlarimiz kamida bitta jang o'tkazib ulgurishdi. Bu bokschilarimizdan tashqari okean ortida SHahram G'iyosov va Qudratillo Abduqahhorov ham prof ringdagi faoliyatini olib boryapti.
Fikrlar