So’nggi yangiliklar

18:28Паркентда кураш ва белбоғли кураш бўйича анъанавий турнир ўтказилди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 18:07Илҳом Назимовнинг "Киллер"га қарши илк RIZIN чемпионлик жангида нокаут қайд этилди 0 17:46Мария Тимофеева Istanbul Open чемпиони! 0 17:25Мбаппе ва Вальверде "Реал"нинг Класико учун қайдномасида йўқ! 0 17:04Спорт гимнастикачиларимиз Жаҳон челленж кубогида 3 та медалга сазовор бўлишди 0 16:43Даниэль Дюбуа ва Фабио Уордли жангида даҳшатли камбэк қайд этилди 0 16:22Дана Уайт тасдиқлади! Хамзат Чимаев Богдан Гусковнинг дивизионига ўтади 0 16:01"Манчестер Юнайтед" "Милан" ҳимоячисини сотиб олиши мумкин 0 15:40"Чироғингни ўчириб қўяман". Чемпион Стриклендга "вызов"лар бошланди 0 15:19Артур Гулиев Жаҳон кубогида кумуш медални қўлга киритди 0 14:58Музаффарбек Тўрабоев бош соврин — автомобил соҳиби! (ФОТОРЕПОРТАЖ) 0 14:37"Реал" 5 нафар футболчини ҳеч қандай нархга сотмайди 0 14:16Шон Стрикленд узр сўради 0 13:55РАСМАН: Тошкент 2026 йилда дзюдо бўйича жаҳон чемпионатига мезбонлик қилади! 0 13:34Бугунги мағлубият Хамзат Чимаев учун фаолиятидаги биринчиси бўлди 0

25 may 20:22
Yangiliklar

Boks/MMA

"Kamargacha bir qadam qoldi". SHahram G'iyosovning navbatdagi raqibi va jang sanasi malum + POSTER

Teglar :  SHahram G'iyosov
Professional boksda murosa va mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan SHahram G'iyosovning navbatdagi raqibi va jang sanasi malum bo'ldi.

Unga ko'ra. charm qo'lqop ustamiz 17 iyun kuni AQSHda amerikalik Xarold Kalderonga qarshi WBA Eliminator jangida ringga ko'tariladi.

"Assalamu alaykum, yurtdoshlar. Xudo xohlasa, jangim 17 iyun kuni AQSHda bo'lib o'tadi. Raqibim amerikalik engilmas sportchi - 27-0. Nasib qilsa, uni mag'lub etganimdan keyin chempionlik jangiga bir qadam qoladi", - deb yozdi G'iyosov o'zining Instagram sahifasida.

G'iyosovning raqibi amerikalik Xarold Kalderon faoliyati davomida 27 ta jang o'tkazgan va ularning barchasida g'alaba qozongan. Raqiblarini 18 ta jangda muddatidan avval mag'lubiyatga uchratgan. O'n ikki raundlik jang g'olibi WBA chempionlik kamari uchun rasmiy va majburiy davogarga aylanadi. 

Eslatib o'tamiz, bokschimiz so'nggi jangini o'tgan yilning 8 may tongida Las-Vegas shahrida meksikalik Kristian Gomesga qarshi o'tkazib, ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozongan edi. Bu SHahram uchun professional faoliyatidagi 13-jangdagi 13-g'alabasi bo'lgandi.  

G'iyosov aynan bir yil oldingi jangida yarim o'rta vazn (66,6 kg) toifasida IBF North American SHimoliy Amerika mintaqaviy chempionlik kamarini qo'lga kiritgandi.

Reyting: +2   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing