03 avg 10:05
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/229313_220.jpg)
Kamarini himoya qilgan Olimjon, raqibini chuqur nokautga uchratgan Abdulazizbek Vatanga qaytdi + FOTO
Kecha tunda professional bokschilarimiz Olimjon Nazarov va Abdulazizbek Najmiddinov Vetnamdan yurtimizga qaytib kelishdi.
Ularning har ikkisi ham o'z janglarini g'alaba bilan yakunlab olishgan edi. Nazarov filippinlik Bienvenido Ligasni 12 raund to'liq davom etgan jangda 114:113, 115:112, 115:112 hisoblarida taslim etgan va o'ziga tegishli WBO Oriental kamarini yana bir bor munosib tarzda himoya qilgandi. Olimjonning prof ringdagi rekordi 28-5-0, 15 KO ko'rinishiga keldi.
30 iyul kungi oqshomda yana bir charm qo'lqop ustamiz Abdulazizbek Najmiddinov (10 g'alaba, 8 nokaut) ham o'z jangini o'tkazdi. Uning 8 raundlik jangdagi raqibi indoneziyalik Rivo Kundimang (9 g'alaba (5 nokaut), 4 mag'lubiyat, 2 durang) bo'ldi. Hamyurtimiz Rivoni chuqur nokaut evaziga mag'lubiyatga uchrata oldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar