12 dek 13:39
Yangiliklar
"Kamarni Ankalaevga ber va bu spektakl uchun uzr so'ra!". Ramzan Kadirov Dana Uaytga keskin murojaat qildi
Kecha tongda Las-Vegasda o'tgan UFC 282 turnirining markaziy jangida rossiyalik Magomed Ankalaev polshalik Yan Blaxovich bilan durang natija qayd etgandi. Aslida ushbu chempionlik jangida Ankalaev g'alaba qozongan, buni hatto uning raqibi Blaxovich ham tan olgan edi.
"Dana Uayt, senga nima bo'ldi? Sen o'z principiga ega yaxshi odam edingku! Bugun sen oktagondan chempionlik kamarini yaqqol g'alaba qozongan jangchiga bermay, o'g'irlab ketding. Yoki siyosat sizlarni shu yo'lga boshlayaptimi? Jirkanch hakamlik kimga kerak bo'lib qoldi?
Dana, bu sportku, halol bo'l! Mayrbek Xasiev (ACA ligasi rahbari)dan o'rnak ol. Sport siyosatiga tupurib qo'yib, halol hakamlikni joyiga qo'yib qo'ydi.
Eeeey, Dana Uayt, liganing yuzini saqlab qol. Xatoni tan olib, kamarni haqiqiy egasiga topshir. Bu spektakl uchun kechirim ham so'rashing kerak. O'zing tashkil qilgan va katta obro'ga ega ligang obro'sini saqlab qol", — deya murojaat qilgan Kadirov.
Fikrlar