20 avg 10:20
Yangiliklar
![](/upload/storage/232765_220.jpg)
Kamaru Edvardsga qarshi jang taqdirini hakamlarga qoldirmoqchi emas
"Leon Edvardsga qarshi birinchi jangda men shunchaki aralash yakkakurashlarda chiqishni istagan yigit edim. U ajoyib jangchi. Ammo, mening chempion sifatidagi vazifam Edvardsga uning vaqti hali kelmaganligini eslatib qo'yish.
U endi kurasha oladi va zarba berish texnikasi ancha yaxshilangan. Lekin, mening kurash texnikam ham ancha yaxshi. Agar Leon hali ham o'sha yigit ekanligimga ishonayotgan bo'lsa, u uchun jang juda qisqa bo'lishi mumkin. Vaqti-vaqti bilan dunyodagi eng zo'r jangchi ekanligimni hammaga bildirib turish kerak. Leon Edvardsni mag'lub qilishimga ishonaman. Sababi men vazn toifasidan qatiy nazar dunyodagi eng yaxshi UFC jangchisiman", — dedi Usman.
Eslatib o'tamiz, Usman va Edvards 2015 yil dekabr oyida ham to'qnash kelishgan. To'liq davom etgan qarama-qarshilikda nigeriyalik jangchi g'alaba qozongan edi.
Fikrlar