30 avg 15:49
Yangiliklar
Boks/MMA

Kamaru Usman: "CHempionlar yiqilib qayta oyoqqa turadi va nega chempion ekanligini isbotlab qo'yadi"
Yarim o'rta vazn toifasida sobiq UFC chempioni Kamaru Usman Leon Edvardsga uchralgan mag'lubiyatni esladi.
"Oxirgi raundda vaqt cho'zish haqida o'ylamagandim. Aslida bunday emasman. Jang qilganimda gaz pedalini bosishimning sababi bor. Vaqtga etibor bermayman va shunday jang qilaman. Edvardsni nokaut qilmoqchi edim. Jangni parterda davom ettirishim mumkin edi. Ammo, men uni nokaut qilishni juda xohladim. Keyin nima qilganimni faqat Xudo biladi. Sababi zarba bera olmadim.
Texnika shunchaki ajoyib edi. Edvards vaqtni yaxshi o'tkazdi. U jang paytida boshga zarbalar berdi. Lekin, men ulardan yaxshi himoyalandim. Uning yaxshi jang qilganidan hayratdaman. Lekin, bu sodir bo'ldi. CHempionlar yiqilib qayta oyoqqa turadi va nega chempion ekanligini ko'rsatib qo'yadi", — dedi Usman.
Havola :
Manba : sports.kz
Fikrlar