13 avg 13:02
Yangiliklar
Boks/MMA
Kamaru Usman faoliyatini yakunlaganidan so'ng qanday ish bilan shug'ulanishini aytdi
Yarim o'rta vazn toifasida UFC chempioni Kamaru Usman professional faoliyatini yakunlaganidan so'ng Xabib Nurmagomedov singari murabbiylik bilan shug'ullanishini malum qildi.
"Faoliyatimni yakunlaganimdan keyin ham mashg'ulotlarni davom ettirishimga shubham yo'q. CHunki bu menga yoqadi. O'ylaymanki, aralash yakkakurashlarni sog'inib qolaman. Men Xabib Nurmagomedov kabi yo'l tutaman. Balki u unchalik ham ahmoq emasdir. Xabib butun boshli jamoaga murabbiylik qilmoqda. Menga bu ish bilan shug'ullanish yoqadi", - dedi Kamaru Usman.
Xabib Nurmagomedov 2020 yil oktyabr oyida professional faoliyatini yakunlagan edi. O'shandan beri engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni murabbiylik bilan shug'ullanadi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar