So’nggi yangiliklar

11:29Раҳматулло Бойматов ҳам Жаҳонгир Зокиров билан бир оқшомда жанг қилади 0 10:45Эл класико вақтида "Реал" ҳимоячисининг хонадонига ўғрилар кирди — El Mundo 0 10:08Сауль Альварес навбатдаги ғалабасига эришди, Мунгия ҳам ғолиб 0 09:50UFC ойнинг энг яхши жангини эълон қилди 0 08:45Рамазон Темиров Каванага қарши мағлубиятдан кейин илк бор мухлисларга мурожаат қилди 0 07:59"Барселона" иккита мағлубиятдан сўнг бор аламини "Алавес"дан олди, "кўк-анорранглилар" рақиб дарвозасига 6 та тўп киритишди 0 19:12Қозоғистонлик боксчи Шоҳжаҳон Эргашевга жавоб қайтарди 0 18:30Одилхон Камолов "Alash & Mangu" турнирида жанг қилади 0 17:54"Барселона" январь ойида "Челси" футболчисини ижарага олишга тайёр 0 17:09Мунгия — Зон жанги ғолиби Бектемир Мелиқўзиев билан тўқнаш келади 0 16:40Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги жанги санаси ва манзили маълум — манба 0 16:27Кудерметова ва Тимофеева Гуанчжоу турнири финалига чиқди 0 15:15Сауль Альварес тарозига чиқди, бугун чемпионлик жанги! 0 14:44Дунёнинг энг яхши мураббийи номига номзодлардан бири овоз бериш якунларига кўра бирорта ҳам очко тўплай олмади 0 14:13Уч нафар эркин курашчимиз жой олган RAF рейтинги янгиланди 0

22 noy 12:37
Yangiliklar

Boks/MMA

Kamaru Usman Frensis Ngannuni himoya qildi

Kamaru Usman do'sti Frensis Ngannu jismoniy kuch ishlatib, UFC rahbari Dana Uaytdan janglarining biridan keyin 50 ming dollar bonus talab qilgani haqidagi hikoyaga ishonmaydi.

"Men u erda bo'lmaganman, lekin hammasi aynan shunday bo'lgan deb o'ylamayman", - dedi Usman Genri Sexudo bilan birga olib boradigan Pound 4 Pound podkastida.

Sexudo hamsuhbati ushbu vaziyatni tasvirlashda jahonning eng kuchli ligasi rahbari yolg'on gapirganiga ishora qilyaptimi yoki yo'qligiga aniqlik kiritdi.

"Men shunday dedimmi? Yo'q, aslo unday emas. Men faqat shuni aytmoqchimanki, bunday vaziyatni tasavvur qilish qiyin. Dana Uaytning oldiga borib, shunday deyish mumkin: "Ishxonangga qayt, Dana! CHek daftarchasini ol. Menga 50 ming ber. Va yana: "O, Xanter, ketyapsanmi? Qani, orqangga qayt, hali gaplashib bo'lganimiz yo'q.

Biz aynan shu manzarani tasavvur qilamiz, ammo bunga ishonish qiyin. CHunki bu Dana Uayt. Unda ham Frensisga o'xshagan shunday aura borki, sen tushunasan: bu odam bilan o'zingni munosib tutganing maqul. Frensisning jangchiga xos qo'rqinchli aurasi bor. Danada esa boshqacha, axir u UFC rahbari. SHuning uchun, Dana Uaytning yonida bo'lgan har bir kishi o'zini shunday tutishi kerakligini tushunadi.

Bunga ishonishim qiyin, lekin bu noto'g'ri demoqchi ham emasman. Men faqat hamma narsa sodir bo'layotgan voqealarning malum manzarasini tasavvur qilishga majbur etgan iqtibosda aytilganidek bo'lmasligi mumkinligini aytmoqdaman, xolos", - deya tushuntirdi Usman.

Frensis Ngannu hozircha ushbu vaziyatga hech qanday izoh bermadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing