18 okt 08:45
Yangiliklar
Boks/MMA
Kamaru Usman hali yarim o'rta vaznni tark etmaganini aytdi
21 oktyabr kuni o'rta vazn toifasida Xamzat CHimaevga qarshi jang o'tkazadigan sobiq UFC chempioni Kamaru Usman yarim o'rta vazn toifasini hali tark etmaganini aytdi.
"Yo'q, albatta. Bilasizmi, men shunchaki o'rta vazn toifasidagi kamarni qo'lga kiritib, keyin yarim o'rta vazndagi kamarni qaytarib olaman. SHundan so'ng ketishim mumkin.
Men ikkala kamarni qo'lga kiritishni istayman. Har doim ikki karra chempion bo'lishni orzu qilganman, yuqori divizionda kamarga ega bo'lib, keyin qaytib kelaman. Hech kim buni amalga oshirmagan", - dedi Usman.
Havola :
Manba : sports.kz
Fikrlar