17 iyu 12:51
Yangiliklar
Kamaru Usman Islam Maxachev bilan jangi nima uchun o'tkazilmaganini tushuntirdi
"Keyingi jangim Islam bilan bo'ladi deb o'ylagandim, lekin afsuski, kompaniyaning tasiri katta va matchmeykerlar buni [Maxachev - Garri o'rtasidagi jangni tashkil etish] ajoyib imkoniyat deb qaror qilishdi. Ammo menga chempionlik jangini bermoqchi bo'lmasangiz, kamarni qo'lga kiritishimga imkon beradigan jangni bering", - dedi Usman matbuot anjumanida.
Ayni paytda Usman 39 yoshda. Nigeriyalik jangchining professional rekordida 21 ta g'alaba (to'qqiztasi nokaut) va to'rtta mag'lubiyat bor. Kamaru MMAda 2012 yilda debyut qilgan.
Hozirda Islam Maxachev UFC’da 16 ta g'alabadan iborat seriyaga ega. Uning hisobida jami 28 g'alaba va bitta mag'lubiyat bor. U Nyu-Yorkdagi UFC 322 turnirida avstraliyalik Jek Della Maddalenani ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratib, yarim o'rta vazn toifasida UFC chempionlik unvonini qo'lga kiritgandi.

Fikrlar