13 iyu 15:38
Yangiliklar
Boks/MMA
Kamaru Usman kelajagi borasida jiddiy bayonot bilan chiqdi
Yarimo'rta vazn toifasida UFC kamari sohibi Kamaru Usman Leon Edvardsga qarshi jangdan so'ng ikkita vaznga ko'tarilmoqchi.
«Bor etiborim hozir Leonga qarshi jangga qaratilgan, biroq bu jangdan so'ng men o'zimni yarimog'ir vaznda sinab ko'raman. Raqibim kim bo'lishi men uchun ahamiyatga ega emas. Men eng kuchlilarga qarshi jang qilishga tayyorman. Dunyoga haqiqatdan ham eng zo'ri ekanligimni isbotlashim kerak. Men P4P etakchisiman va buni amalda ko'rsatib berishim lozim»,-dedi Kamaru Usman.
Eslatib o'tamiz, Usman va Edvards o'rtasidagi jang 20 avgust kuni bo'lib o'tadi.
Malumot uchun, yarimog'ir vazn UFC chempioni Irji Proxazka hisoblanadi.
Havola :
Manba : fighttime.ru
Fikrlar