07 noy 13:44
Yangiliklar
Boks/MMA

Kamaru Usman Kolbi Kovingtoni mag'lub etganidan so'ng nimalar dedi?
Yarimo'rta vazn toifasida UFC kamari sohibi Kamaru Usman davogar Kolbi Kovingtonni mag'lub etganidan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Barchaga malum, bizning jangdan oldin u bilan munosabatlarimiz yaxshi emas edi. Menimcha, bu holat keyinchalik ham davom etadi. Lekin nima bo'lgan taqdirda ham u ancha jiddiy raqib. Kolbi bir necha bor kuchli zarbalarni yo'lladi. Men esa to'liq zarbalar to'plamini yo'llashda qiynaldim. U birinchi jangdagi xatolaridan to'g'ri xulosa chiqargan, buni jang davomida his qildim.
Men vaznidan qatiy nazar eng kuchli jangchiman, bugun ancha qiyin jang o'tkazdim. Uni nokaut qilishga harakat qildim, biroq Kovington bunga yo'l qo'ymadi. Menimcha, bizning jang muxlislarga manzur keldi", - dedi Kamaru.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar