17 iyu 14:02
Yangiliklar
Boks/MMA
Kamaru Usman: Men hozir Floyd Meyvezer kabi holatga tushib qolganman...
Yarimo'rta vazn toifasida UFC kamari sohibi Kamaru Usman hozirgi holati haqida fikr bildirdi.
«Men hozir Floyd Meyvezer kabi holatga tushib qolganman, u vaznidagi barcha davogarlarni mag'lub etganidan so'ng hech kim qolmadi. Keyin hamma Menni Pakyaoga qarshi jang qilishi kerakligi borasida gapirdi. Menda ham shu holat. Men hammani mag'lub etdim, endi hamma Xamzatga qarshi jang qilishim kerakligini aytishmoqda. Lekin men uni ham yakson qilaman. Kamarni qachon bo'shatishni istasam, o'shanda kamar boshqa odamga o'tadi»,-dedi Kamaru.
Havola :
Manba : fighttime.ru
Fikrlar