07 sen 19:24
Yangiliklar

Kamaru Usman: "Men unga zarba berish uchun imkoniyat taqdim etdim"
Usmanning so'zlariga ko'ra, Edvards ushbu jangga yaxshi tayyorgarlik ko'rgan.
"Hamma uni omadli deyishi menga yoqmaydi. Ha, albatta uning omadi keldi. Lekin omad deganda, men boshqalar kabi o'ylamayman.
Men uchun omad - uchrashuv oldidan tayyorgarlik ko'rish. Leon bu zarba ustida ishlamagan deb ayta olmaysiz. Albatta, u g'alaba qozondi. Men chapaqay emasman, ammo bu zarba ustida ishlaganman. Leon buni mashq qilganini bilaman, hatto buning videosi ham bor.
U buning ustida ishladi va aralash yakkakurashlar bo'yicha birinchi raqamli davogar nima qilishi kerak bo'lsa shuni qildi. Ha, u omadli. Lekin u mashq qildi va bu zarbani berishga tayyor edi. Men unga zarba berish imkoniyatini berdim va biz hozir shu erdamiz", – dedi Usman.
Fikrlar