13 iyu 09:28
Yangiliklar
![](/upload/storage/222858_220.jpg)
Kamaru Usman UFC 278 turnirining markaziy jangida oktagonga ko'tariladi + POSTER
Nigeriyalik dahshat 20 avgust kuni Solt-Leyk-Siti shahrida tashkil etiladigan UFC 278 turnirining markaziy jangida reytingning ikkinchi pog'onasidan joy olib turgan Leon Edvardsga qarshi oktagonga chiqadi. CHempionlik jangi rasman UFC tomonidan elon qilindi.
Ushbu jang 35 yoshli Usman uchun oltinchi chempionlik himoya jangi bo'ladi. Kamaru 5 ta himoya jangidan 3 tasini o'tgan yili o'tkazib, Gilbert Berns va Xorxe Masvidalni nokautga uchratdi, Kolbi Kovingtonni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub etdi.
Uning raqibi 30 yoshli Leon Edvards esa 10 ta g'alabadan iborat ajoyib seriyani davom ettirmoqda. So'nggi jangida Neyt Diasni ochkolar hisobiga ko'ra taslim etgan edi. Britaniyalikning so'nggi mag'lubiyati 2015 yilga to'g'ri keladi va etiborlisi, Leonga o'sha mag'lubiyatni aynan Kamaru Usman taqdim etgandi.
Fikrlar