15 iyu 10:32
Yangiliklar
Boks/MMA

Kamaru Usman va Xoakin Bakli o'rtasidagi jang to'liq davom etdi
AQSHning Atlanta shahrida UFC on ESPN 69 turniri o'z yakuniga etdi.
Turnirning markaziy jangida UFC sobiq chempioni Kamaru Usman yarim o'rta vazn toifasi reytingida 7-o'rinni egallab turgan Xoakin Bakliga qarshi jang qildi.
Besh raundga mo'ljallangan jang to'liq davom etdi va bahsda Kamaru Usman hakamlarning yakdil qarori bilan (49:46, 49:46, 48:47) g'alabaga erishdi.
Usman deyarli butun jang davomida parterda nazoratni qo'lga olganini qo'shimcha qilish lozim.
Avvalroq, Usman Baklini mag'lub etgach, Maddalena - Maxachev jangi natijasini kutishini malum qilgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar