So’nggi yangiliklar

09:35UFC Fight Night 292 турнирининг тарози натижалари, бир жангчи вазн қила олмади 0 08:54Бугун тўрт эркин курашчимиз жаҳон чемпионатида гиламга чиқади. Ғуломжон бронза йўлида курашади 0 08:13"Олтин тўп"-2026 учун овоз бериш натижалари эълон қилинди 0 07:42АCА 209: Саидёқуб Қаҳрамоновда мағлубият. Холмурод Нурматовчи? (Барча натижалар) 0 07:10Никита Цзю декабрь ойида рингга қайтади 0 22:51Шахмат бўйича 2027 йилги рапид ва блиц Жаҳон чемпионати мезбони эълон қилинди 0 22:14Танташев ва Нажафалиев бригадаси Элит ОЧЛ баҳсларида ишлайди 0 21:31Александр Волков: "Ўзимни чемпион деб биламан" 0 20:56Жейк Пол декабрь ойида Дубайдаги турнирда рингга қайтади 0 20:23Ковингтон иштирокидаги жанг Hype FC турнирига қўшилди 0 19:48Жаҳонгир Ўрозов: "Каннаваро "Рубин"ни чемпион қиларди" 0 19:05Камару Усман Ислам Махачевнинг танаффус қилиш қарорига баҳо берди 0 18:29Топурия 2026 йилнинг энг тижорий спорт юлдузлари рейтингида Жошуа, Усик ва Чимаевни ортда қолдирди 0 18:06Саидёқуб Қаҳрамоновнинг Тожикистондаги жанги тўлиқ давом этди ва кутилмаган натижа билан тугади 0 17:47Келдиёрова Abu Dhabi Grand Slam 2026 турниридаги мағлубиятига изоҳ берди 0

19 iyu 08:58
Yangiliklar

Boks/MMA

Kamaru Usmanning mag'lubiyati hamda beshta "finish" qayd etilgan UFC Fight Night 281 turnirining barcha natijalari

Xabar berganimizdek, bugun tong saharda AQSHning Oklaxomasida kardidan 12 ta jang o'rin olgan navbatdagi UFC turniri bo'lib o'tdi.

UFC Fight Night 281 turnirining asosiy jangi o'rta vazn toifasida tashkil etilib, unda Janubiy Afrika Respublikasi vakili Drikus Dyu Plessi o'zi singari sobiq tashkilot chempioni nigeriyalik Kamaru Usmanni hakamlarning yakdil qarori bilan 50-45, 49-46, 49-46 hisoblarida mag'lub etdi. 

O'tgan yilning avgust oyida Xamzat CHimaevga qarshi bahsda chempionligini boy berganidan beri birinchi marta oktagonga qaytgan Drikus Dyu Plessi jangdan keyingi intervyusida kamarni qaytarib olish niyatida ekanini aytdi.

Turnirning co-main event, yani ahamiyati jihatidan ikkinchi muhim jangi ham o'rta vazn toifasida o'tkazildi. Unda Kristian Leroy Dankan Jared Kannonir bilan hisob-kitob qildi. To'liq uch raund davom etgan bahsda Dankan nomdor raqibini hakamlarning yakdil qarori evaziga mag'lubiyatga (29-28, 30-27, 30-27) uchratdi. Bu Kristian Leroyning ketma-ket qo'lga kiritgan beshinchi g'alabasi bo'ldi.  

Boshqa natijalardan CHeyz Xuper, Tommi MakMillen, Felipe Franko, Richard Xarris va Dioni Barbosaning muddatidan oldin g'alabalarini qayd etish mumkin.


UFC Fight Night 281 turnirining barcha natijalari:

Asosiy kard janglari

Drikus dyu Plessi Kamaru Usmanni ochkolar hisobiga ko'ra yutdi (50-45, 49-46, 49-46)

Kristian Leroy Dankan Jared Kannonirni hakamlarning yakdil qarori bilan taslim etdi (29-28, 30-27, 30-27)

CHeyz Xuper Mitch Ramirezni sabmishn (ortdan bo'g'ish) qildi – 1-raund, 2:15

Fatima Klayn Tabata Richchini ochkolar bo'yicha mag'lubiyatga uchratdi (30-27, 30-27, 30-27)

Tommi MakMillen Alberto Montesni texnik nokaut evaziga mag'lub etdi (zarbalar) – 3-raund, 3:29


Prelim kard janglari

Xose Delgado Ostin Bashani ochkolar hisobiga ko'ra engdi (30-27, 29-28, 29-28)

Jan-Pol Lebosnoyani Sok Xyon Koni hakamlar qaroriga ko'ra taslim etdi (29-28, 29-28, 29-28)

Felipe Franko Levi Rodrigesni texnik nokaut (zarbalar) qildi – 2-raund, 1:40

Ezra Elliott Demien Andersonni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi (30-27, 29-28, 29-28)

Olden Koria Styuart Nikoll ustidan zafar quchdi (29-28, 30-27, 30-27)

Richard Xarris Elvin Xaynsni texnik nokaut (zarbalar) evaziga yutdi – 1-raund, 1:40

Dioni Barbosa raqibasi Anna Melisanoni sabmishn (ortdan bo'g'ish) qildi – 1-raund, 4:04

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing