14 okt 18:16
Yangiliklar

Kambosos Xeyniga qarshi revansh jangi haqida: "Biz ularga isbotlaymiz"
Avstraliyalik bokschining so'zlariga ko'ra, u chempionlik kamarlarini qaytarib olishga tayyor.
"Menda juda ko'p energiya bor. Hozir ancha xotirjam va etiborliman. Yuqorida aytganimdek, men jangchiman. Boshqa inson bo'lishga intilmayapman. Biz g'alaba qozonish uchun ringga chiqamiz. Menga qimmat kostyumlar, ajoyib narsalar kerak emas. Men Jorj Kambososman. Jangdan keyin kiyinish xonasiga qaytganimda, kayfiyatim darhol o'zgardi.
Men yana kamarga davogarman. Bundan xafa bo'lmadim. Mendan shubhalanishingiz mumkin - bu muammo emas. Odamlar mendan shubhalanishini yaxshi ko'raman. Odamlarning men haqimda o'ylashi muammo emas. Biz ularga noto'g'ri fikr yuritishini yana bir bor isbotlaymiz", - deya Jorjning so'zlarini keltirgan Boxing News 24.
Eslatib o'tamiz, Kambosos-Xeyni o'rtasidagi birinchi jang 5 iyun kuni bo'lib o'tgan. Ular o'rtasidagi revansh jangi 16 oktyabr kuni Melburndagi Rod Laver Arenaʼda bo'lib o'tadi.
Fikrlar