13 dek 12:23
Yangiliklar
Dzyudo
Kamoliddin Rasulov "Masters"ni 7-o'rinda yakunladi, Matniyazova esa...
Cindao shahrida davom etayotgan "Masters" turnirining ikkinchi kunida o'zbekistonlik sportchilar o'z ishtiroklarini yakunlashdi.
Bahslarda -81 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Kamoliddin Rasulov chorak finalda belgiyalik Mattias Kessiga qarshi jang qildi va imkoniyatni boy berdi. Bronza medali uchun o'tish jangida esa hamyurtimiz italiyalik Kristian Parlatiga mag'lub bo'ldi.
Turnirning ayollar o'rtasidagi bahslarida -70 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Gulnoza Matniyazova 1/8 finalda irlandiyalik Megan Fletcherga imkoniyatni boy berib qo'ydi va musobaqadagi ishtirokini yakunladi. Eslatib o'tamiz, Gulnoza ilk jangini yaponiyalik Saki Niizoega qarshi o'tkazib, kuchli raqibasini mag'lubiyatga uchratgandi.
O'zbekiston dzyudo federaciyasi matbuot xizmati
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar