29 iyu 18:36
Yangiliklar
Boks/MMA, Tokio-2020
Kamshibek Konkabaev ilk jangiga munosabat bildirdi
Qozog'istonlik bokschi Kamshibek Konkabaev Tokiodagi ilk jangidan so'ng fikr bildirdi.
"Imkoniyatlarimdan 100 foiz foydalana olmagan bo'lsamda, bugun g'alaba qozondim. Birinchi jang doim qiyin bo'ladi. Keyingi janglarimda yanada yaxshiroq harakat qilib, g'alaba qozonmoqchiman. Bu orqali muxlislarimni xursand qilmoqchiman", - dedi Kamshibek.
Eslatib o'tamiz, Kamshibek Bahodir Jalolovning chempionlik yo'lidagi asosiy raqiblaridan biri bo'ladi. Ular ikkitadan jangda g'alaba qozongan taqdirda, finalda to'qnash kelishlari mumkin.
Havola :
Manba : sports.kz
Fikrlar