13 noy 13:50
Yangiliklar
Boks/MMA

"Kamtarligingcha qol, chempion". Getji Xabibning gaplariga tezda javob berdi
UFC jangchisi Jastin Getji Xabib Nurmagomedovning gaplariga javob qaytardi.
"Sening bolakayingda atigi ikkitagina tayinli g'alaba bor va shuning evaziga uni chempionlik jangida ishtirok etishini istayapsanmi? Mening uchta mag'lubiyatimga keladigan bo'lsak, men vaqtinchalik, sobiq va amaldagi chempionlarga mag'lub bo'lganman. Islam vaznning 14 va 6-raqamli jangchilarini mag'lub etdi. Kamtarligingcha qol, chempion. U birinchi navbatda Benil Dariushga qarshi jang qilishi lozim.
To'g'risini aytganda, men bu gaplarni Xabib aytayotganiga ham ishonmayman. Uning sahifasidan kimdir yozayotganga o'xshaydi",-deb fikr bildirgan Getji.
Havola :
Manba : fighttime.ru
Fikrlar