25 avg 18:59
Yangiliklar
Boks/MMA

Kanelo: "Buning uchun bor mahoratimni ishga solaman"
Meksikalik bokschi Saul Alvares qozog'istonlik Gennadiy Golovkinning faoliyatiga nuqta qo'ymoqchi.
“Golovkinni yoqtirmayman. Mening maqsadim uni faoliyatiga nuqta qo'yish. Sababi u so'nggi yillar davomida men haqimda ko'p yomon gaplar aytdi. Birga bo'lganimizda u hech narsa deya olmaydi, faqat meni hurmat qilishi haqida gapiradi. Lekin, intervyularida bunday emas. O'ylaymanki, jang oxirigacha uni nokautga uchrataman. Buning uchun bor mahoratimni, tajribamni ishga solaman", — dedi Kanelo BBCʼga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, Gennadiy Golovkin va Saul Alvares o'rtasidagi jang 17 sentyabr kuni bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar