16 sen 09:13
Yangiliklar
Boks/MMA

Kanelo Golovkinga qarshi jang oldidan: "Mag'lubiyatni to'g'ri qabul qilishingiz kerak"
Meksikalik bokschi Saul Alvares qozog'istonlik Gennadiy Golovkinga qarshi jang oldidan qanday kayfiyatda ekanligi haqida gapirdi.
"Avval aytganimdek, sportda har doim mag'lubiyatga uchrashingiz mumkin. Harakat qilishimiz va oldinga borishimiz kerak. Hozirda mening oldimda Golovkin bor va u xavfli jangchi. Men bu kurashga sovuqqonlik bilan yondashaman. G'alaba qozonganingizda, har doim xursandchilik qilasiz. Agar yutqazsangiz, oldinga intilishni davom ettirish uchun mag'lubiyatni to'g'ri qabul qilishingiz kerak", - deya Kaneloning so'zlarini keltiradi BoxinScene.
Avvalroq, To'lqin Qilichev Kanelo-Golovkin jangi uchun taxmin bildirgan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar