05 iyu 15:41
Yangiliklar

Kanelo Golovkinga qarshi trilogiya haqida: "Bunday qilishga majbur emasdim"
— Vazn yiqqaningizga qaramay, siz bu jangga mag'lub bo'lgan holda kirasiz...
— Hech kim yutqazishni yoqtirmaydi. Lekin, men tavakkal qildim va o'zim bilan faxrlanaman. Bunday qilishga majbur emasdim. Lekin, baribir bu ishni bajardim. Sababi qiyinchilikni yaxshi ko'raman va bundan faxrlanaman. Mag'lubiyatdan keyin xafa bo'ldim, imkoniyatdan foydalana olmadim. Ammo, tavakkal qildim, sababi buyuk bokschi bo'lishni xohlayman va bunga harakat qilaman. Bu yo'lda ko'p qiyinchiliklarga duch keldim.
— Bilaman, siz Gennadiyga oddiy raqib sifatida qaramaysiz. U kuchli bokschi. Lekin, bu jangdan keyin Bivol bilan revansh bo'lishini xohlaysizmi?
— Aytganimdek, men yuz foiz etiborimni shu jangga qaratganman. Sababi bu katta ahamiyatga ega. Ammo, Bivol bilan revansh jangi o'tkazishni maqsad qilganman.
Fikrlar