20 dek 12:39
Yangiliklar
Boks/MMA

Kanelo Smitga qaraganda ikki barobar ko'p zarba berdi
Bugun Saul Alvares britaniyalik Kallum Smit ustidan ishonchli g'alabaga erishdi.
Hakamlar jang yakuniga ko'ra bir ovozdan 119-109, 119-109, 117-111 hisoblarida meksikalik bokschining g'alabasini qayd etishdi.
Jang davomida Saul 494 ta, Smit esa 539 ta zarba yo'lladi. Ammo bu borada Kaneloning zarbalari aniqroq bo'ldi : 241 ga 99. Saulning zarbalari aniqligi 43 foizni tashkil etgan bo'lsa, Smitda bu 18 foizga teng bo'ldi.
Havola :
Manba : Boxing Scene
Fikrlar