So’nggi yangiliklar

20:57FIFA Series. Ўзбекистон Габонни мағлубиятга учратди 0 18:45МЮ италиялик хавбекни қўлга киритмоқчи 0 18:20Одилхон Тошкентда жанг қилади. Рақиб эълон қилинди (ВИДЕО) 0 17:56Георгий Агзамов халқаро хотира турнири якунланди 0 17:30Шавкат Раҳмоновнинг рафиқаси озодликдан маҳрум қилиш жазосига ҳукм қилинди 0 17:04Абдуқодир Ҳусанов Габон билан баҳсда майдонга туша олмайди. Сабаби маълум 0 16:39Эртага Самарқандда ATFC 28 турнири бўлиб ўтади 0 16:14Тошкентда қиличбозлик бўйича Жаҳон кубоги босқичи бошланди 0 15:49UFC Сиэттл турнирининг тўлиқ карди тасдиқланди 0 15:242026 йилда футбол клублари учун 560 млрд сўм ажратилади, Суперлига ва Пролига футболчилари даромад солиғидан озод этилади — Президент Қарори 0 15:01Эдди Хирн Жошуа қайси боксчи учун рингга қайтишга тайёрлигини айтди 0 14:40Арман Царукян фаолиятидаги энг қийин рақиби ким бўлганини айтди 0 14:18Делла Маддалена Махачев билан жангда йўл қўйган асосий хатоси қандай бўлганини айтди 0 13:54Ўзбекистон 1 апрель куни ЖЧдаги сўнгги гуруҳдошини билиб олади 0 13:25Муроджон Аҳмадалиев баҳордаёқ рингга қайтмоқчи 0

12 iyu 13:44
Yangiliklar

Boks/MMA

Kaneloning Golovkin bilan trilogiyadan so'ng kim bilan jang qilmoqchi ekani aytildi

Britaniyalik promouter Eddi Xirn meksikalik charm qo'lqop ustasi Saul Alvaresning rejalari bilan o'rtoqlashdi.

"Nima uchun siz bu yigitni buyuk bo'lishga harakat qilayotgani uchun tanqid qilmoqchisiz? Aslida siz: "Bu jangni qabul qilma, u juda ham kuchli", - deb aytgansiz. Bu qanday sport turi bo'ldi o'zi, jangchilarni katta chorlovlarni qabul qilgani uchun tanqid qilsak?

U boshqacha yo'l tutmoqchi, o'zini sinab ko'rmoqchi. Seni mag'lub etishsa: "Bu dahshatli xato. Sen bunday qilmasliging kerak edi. O'z vazningda engilroq jangda ishtirok etishing kerak edi", - deyishadi. Qanday zerikarli.

Bu hamma ishni qoyillatib bo'lgan yigit. Biz uning buyuklikka harakat qilayotganini hurmat qilishimiz kerak. U Golovkin bilan jang qilish uchun qaytadi, keyin darhol Bivol bilan revansh jangini o'tkazmoqchi. Agar u Bivolni mag'lub etsa, unda nima deymiz? U barcha davrlarning eng buyuk jangchilaridan biridir", - deya Xirnning so'zlarini keltiradi BoxingScene nashri.

Eslatib o'tamiz, Saul Alvares so'nggi bor 8 may tongida Dmitriy Bivolga qarshi, Gennadiy Golovkin esa 9 aprel kuni Rioto Murataga qarshi jang qilgan edi.

Avvalroq, Eddi Xirn surerog'ir vaznning tarixdagi eng yaxshi bokschilari ro'yhatini tuzib chiqqan edi.

Reyting:    

Fikrlar

   
13 iyu 09:46:28
CHELSEA2211
Bilmadimu, Beterbayev hamma kamarni oʻziniki qilsa kerak...
   
13 iyu 03:46:01
WORKOUT
Agar Beterbievni ham yutsa haqiqiy afsonaga aylanadi
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing