08 iyu 13:33
Yangiliklar
Kaneloning murabbiyi Golovkinning Bivoldek urusha olmasligini aytdi
"GGG'da buning uchun jismoniy salohiyat yo'q. Uning qo'li Bivolnikidek uzun emas. Gennadiy ko'p "jeb" zarbalar yo'llay olmaydi, harakati sekin. U boshga yo'llangan zarbalar hisobiga g'alaba qozonishga harakat qiladi. Gennadiy oldingi qo'li bilan harakat qiladi.
Biz yo ochkolar evaziga yoki nokaut bilan g'alaba qozonishga yaqinmiz. Ikkisi ham nokaut qiluvchi zarbalarga ega. Ha, Kanelo erta g'alaba qozonishi mumkin, GGGda ham shunday holat. Xullas, bizni qiyin sinov kutyapti", - dedi Reynoso Fight Hub TV YouTube kanaliga bergan intervyusida.
Malumot uchun, Bivol va Alvares o'rtasidagi ilk jang 8 may tongida bo'lib o'tgan edi. Avvalroq, Eddi Reynoso Saul Alvaresning Dmitriy Bivolni mag'lub etishga yaqin bo'lganini aytgan edi.
Fikrlar