So’nggi yangiliklar

12:53Дмитрий Бивол ўз юртидаги ва хориждаги баҳслар нимаси билан фарқ қилишини айтди 0 12:00Остон Ўруновни Эроннинг бошқа клуби сотиб олмоқчи 0 11:08"Усман UFC'га керак. У ерда бундай йигитларни яхши кўришади". Царукян Нурмагомедовнинг жанжалдан кейинги келажаги ҳақида гапирди 0 10:17Саккизта медалга эга Ўзбекистон делегацияси IV Ёшлар ёзги Олимпия ўйинларида нечанчи ўринни эгаллади? 0 09:46Россия бокс терма жамоасига виза беришмади 0 09:15Миллатлар лигаси. Нидерландиядан 7 та гол, Германиядан ишончли ғалаба 0 08:44Zagreb Grand Prix 2026. Диёра Келдиёрова яна шоҳсупада! 0 08:13"UFC Усман Нурмагомедовга умрбод тақиқ қўйилишидан умидворман" - Нина Драма 0 07:42WBC россиялик боксчиларни рейтинглар ва чемпионлик жангларидан четлатиш қарорини тасдиқлади 0 07:01Лионель Месси Аргентинада махсус учрашувда иштирок этади 0 20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0 18:54Уайт Усманнинг Двалишвилига қилган ҳужумидан сўнг UFC’га ўтиш имкониятлари ҳақидаги саволга жавоб берди 0

16 fev 08:53
Yangiliklar

Kannonir "Robokop"ni nokaut qildi. UFC Fight Night 251 turnirining barcha natijalari bitta sahifada

Xabar berganimizdek, bugun AQSHning Las-Vegas shahrida UFC Fight Night 251 turniri bo'lib o'tdi.

Oqshomning asosiy jangida o'rta vazn toifasida UFC chempionlik kamari uchun sobiq davogar amerikalik Jared Kannonir braziliyalik Gregori Rodrigesni to'rtinchi raundda nokautga uchratdi. Bu bilan Jared "Robokop"ga Top-15 reytingiga kirib olish uchun imkoniyat bermadi. 

Qizig'i, birinchi raundda ikki bor nokdaun holatiga tushib qolgan Jared qiyin vaziyatdan chiqib keta oldi. G'alabasi evaziga Jared Kannonir ikki mag'lubiyatli seriyasini yopib ketdi. Gregori Rodriges esa aksincha, oxirgi to'rtta jangida birinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi. 

Turnirning ko-meynivent jangida yarimengil vazn toifasi vakili amerikalik Yussef Zalal Top-15 divizioniga kirib olish uchun katta qadam tashladi. Katta ehtimol bilan u yangilangan reytingda o'n beshtalikka kirib oladi. U hakamlarning yakdil qarori bilan tajribali vatandoshi, reytingda 10-o'rinni egallab turgan Kelvin Kattarni taslim etdi.

Oqshomning nufuzi bo'yicha uchinchi jangida o'rta vazn toifasi vakillari Edmen SHaxbazyan va Dilan Budka o'zaro oktagonda to'qnash kelishdi. Amerikaliklar o'rtasidagi ushbu to'qnashuvda Edmen raqibini birinchi raundning ikkinchi daqiqasidayoq texnik nokautga uchratdi. 

SHuningdek, bugungi turnirda Nazim Sadixov, Xose Delgado, Gabriel Bonfim va Valter Uoker ham raqiblarini muddatidan avval mag'lub etdi.

UFC Fight Night 251 turnirining barcha natijalari:

Jared Kannonir Gregori Rodriges texnik nokautga uchratdi – 4-raund, 0:21.

Yussef Zalal ochkolar bo'yicha Kelvin Kattarni engdi (29-28, 29-28, 29-28).

Edmen SHaxbazyan Dilan Budkani texnik nokautga uchratdi – 1-raund, 1:35.

Nazim Sadixov Ismael Bonfimni texnik nokaut evaziga engdi (shifokor tavsiyasiga ko'ra to'xtatildi) – 1-raund, 5:00.

Andre Petroski Rodolfo Vieyrani ochkolar hisobi bilan yutdi (29-28, 29-28, 29-28).

Xose Delgado Konnor Mettyusni nokautga uchratdi – 1-raund, 2:58.

Anjela Xill raqibasi Ketlin Souzadan ochkolar bo'yicha ustun keldi (29-28, 28-29, 29-28).

Rafael Estevam Xesus Agilarni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub etdi (29-28, 29-28, 29-28).

Gabriel Bonfim Xaos Uilyamsni texnik sabmishn evaziga engdi (Brabo bo'g'ishi) – 2-raund, 4:58.

Elayj Smit Vins Moralesni hakamlarning yakdil qarori bilan yutdi (29-28, 29-28, 29-28).

Valter Uoker DonTel Maysni sabmishn evaziga taslim etdi – 1-raund, 1:17.

Jaklin Kavalkanti raqibasi Juliya Avilani ochkolar bo'yicha mag'lubiyatga uchratdi (30-27, 30-27, 30-27).

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing