So’nggi yangiliklar

16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0 10:10Исломбек Исмоилов: "Биз фақат Роналдуга эмас, балки бутун "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнаймиз" 0 09:39"Бу ҳали бошланиши". Музаффарбек Тўрабоев Жаҳон чемпионатида қўлга киритилган медалига муносабат билдирди 0

17 apr 07:29
Yangiliklar

Boshqalar

Karantindagi to'g'ri ovqatlanish tamoyillari

Karantin odatdagi vaqt o'tkazish tartibimizni o'zgartirib yubordi.

SHuning uchun uyda vaqtni samarali tashkil etish va sog'lom kun tartibini yaratishga yordam beradigan qoidalarga rioya qilish muhimdir.

Ortiqcha vaznni to'plamaslik va immunitetni mustahkamlash uchun karantinda ovqatlanishni qanday tashkil qilish kerak? – Tavsiyalar juda oddiy.

Birinchidan, kunlik ovqatlanish menyusi asosiy qoidalariga rioya qiling:

1. Tez-tez va kam porciyalarda ovqatlanishga harakat qiling. Buning uchun kunlik menyuni uchta asosiy ovqat va bir-ikkita gazakka bo'ling.

Malum bir jadvalga odatlansak, tanamiz uchun samarali bo'ladi. Ovqatlanish orasidagi eng kam tanaffuslar jadvalini tuzing – 3-3,5 soat:

• nonushta – uyg'onganidan keyin bir soat ichida;

• Kechki ovqat – yotishdan 3-4 soat oldin, lekin 20:00dan kechikmay;

• Tushlik – kunning yarmida.

2. Yog'lar, shakar, gazlangan va sharbatli ichimliklar, xamir mahsulotlari, chipslar, mayonez va har qanday qayta ishlangan go'sht mahsulotlarini istemol qilishni cheklang.

3. Ko'proq suv iching. Optimal miqdor kuniga 2 litrni tashkil etadi, shu bilan birga tanangizning vazn, bo'y va yosh xususiyatlarini hisobga olishingiz kerak.

4. Menyuga ko'proq vitaminlar va past kaloriyali ovqatlar qo'shing.

5. Kofeinni istemol qilishni kamaytiring. Iloji bo'lsa, uni butunlay istemoldan chiqarib tashlang. Qahvadan voz kechish vazn borasidagi tashvishlanishni kamaytiradi.

6. Spirtli ichimliklardan voz keching. Alkogol to'g'ridan-to'g'ri immunitetimiz dushmani sanaladi. Bundan tashqari, mast bo'lganimizda, ko'proq yog'li va shirin taomlarni istemol qilishga moyil bo'lamiz.

7. Faqat oshxonada ovqatlaning! Na kompyuter oldida, na ish joyida, na teleserialni tomosha qilish chog'ida. Oshxona sirtlari tozaligini kuzatishni unutmang.

8. Polufabrikatlardan kamroq foydalaning. Bo'sh vaqtingizni pishirishga sarflang va o'zingizni uyda tayyorlangan ovqatga moslang.

9. Masalliqlarning amal qilish muddatini kuzatib boring. Tartibsiz xaridlar mahsulotlar buzilishi va natijada kishini zaharlanishiga olib kelishi mumkin.

10. Tuzni istemol qilishni cheklang. Yangi chiqqan oziq-ovqat mahsulotlari olish cheklanganligi sababli siz ko'proq konservalangan, muzlatilgan yoki qayta ishlangan taomlarni istemol qilishingizga to'g'ri keladi. Ularning aksariyati ortiqcha tuz (natriy) bilan ajralib turadi. Tavsiya etilgan tuz miqdori kuniga 5 grammdan kam bo'lsin. SHundan oshmasligi uchun tarkibida oz miqdordagi yoki tuzsiz mahsulotlarga etibor bering.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing