12 avg 15:24
Yangiliklar
Boks/MMA

SHahram G'iyosov Isroil Madrimovning vazniga o'tgan sobiq chempion - Jeyron Ennisning yangi diviziondagi imkoniyatlarini baholadi
Prof boksning yarim o'rta vazn toifasida WBA kamari uchun o'zbekistonlik davogar SHahram G'iyosov amerikalik Jeyron Ennis haqida fikr bildirdi.
Malumot uchun, Ennis aslida, yarim o'rta vaznda WBA, IBF yo'nalishlari bo'yicha chempion edi. U yaqindagina o'z kamarlarini vakant qoldirib, super yarim o'rta vazn toifasiga ko'tarildi.
"Ennisning imkoniyatlari yuqori. Sababi, unda iqtidor bor, kuch bor, zarba va texnika ham bor. Har doim vazn haqida gapirganman, lekin uning vazni ham yirik edi o'zi. Bitta yuqoridagi vaznga chiqish menimcha, unga muammo tug'dirmaydi. Hammasi bilan tengma-teng jang qila oladi. Buyog'i tayyorgarligiga, dietasiga va psixologiyasiga bog'liq", deydi G'iyosov.
Havola :
Manba : oktogonuz
Fikrlar