02 noy 13:09
Yangiliklar
Karate
Karate bo'yicha eronlik trener Samarqandda seminar o'tkazdi
Karate bo'yicha O'zbekiston terma jamoasida yaqinda faoliyat boshlagan eronlik murabbiy SHaxab Sultani Respublikamizdagi barcha viloyat bo'limlari bilan yaqindan tanishib chiqmoqda.
Mutaxassis ushbu ishni Samarqand viloyatidagi seminar bilan boshladi.
Milliy olimpiya qo'mitasi tashabbusi bilan Ro'yi zamin sayqalida tashkil etilgan ushbu seminarda eronlik mutaxassis mahalliy murabbiylarga o'z tajribasi borasida malaka almashdi va yosh sportchilar bilan samimiy muloqotga kirishdi.
Malumot uchun, SHahob Sultani bir necha yillar davomida Eron terma jamoasida bosh murabbiy lavozimida ishlab kelgan. Uning ulkan tajribasidan foydalangan holda sportchilarimizning Tokio Olimpiadasiga yo'llanma qo'lga kiritilishi maqsad qilib qo'yilgan.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar