03 may 15:51
Yangiliklar
Karate

Karate Combat 54. Boynazarov va Mokaev ishtirokidagi janglar muddatidan oldin yakunlandi
Kecha Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida jangovar karate bo'yicha Karate Combat 54 musobaqasi tashkil etildi.
Musobaqa doirasida yarim o'rta vazn toifasida faoliyat olib boruvchi o'zbekistonlik MMA jangchisi Xotambek Boynazarov Xabib Nurmagomedovning jamoadoshi bo'lgan rossiyalik Saygid Izagaxmaevga qarshi greppling bellashuvida ishtirok etdi.
Afsuski, jangda Izagaxmaev birinchi raundda og'ritish usulini qo'llash orqali g'alabani o'ziniki qildi. Bu natija Xotambekning MMA rekordiga kiritilmaydi.
Turnirning ikkinchi asosiy bellashuvida UFC sobiq jangchisi Muhammad Mokaev Qozog'iston vakili Bolat Zamanbekovga qarshi gilamga chiqdi. Jangda Mokaev birinchi raunddayoq nokaut orqali zafar quchdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
O’xshash yangiliklar
15:28
Dzyudochilarimiz Dushanbe "Katta dubulg'a" turnirinining ilk kunida ikkita medalga ega chiqishdi 0
Fikrlar