27 fev 09:30
Yangiliklar
Karate
Karate. Malayziyadan bitta oltin medal bilan
Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida karate bo'yicha xalqaro turnir bo'lib o'tdi.
25-26 fevral kunlari o'tkazilgan mazkur nufuzli musobaqada Hindiston, Xitoy, Yaponiya, Singapur, Janubiy Koreya, Eron, Indoneziya kabi Osiyoning 17 dalatidan tatami ustalari ishtirok etishdi.
Ular orasida O'zbekiston terma jamoasi azolari ham bor edi. 18 yoshdan katta sportchilar bahsida tatamiga chiqqan Sarvar Mirodullaev barcha raqiblarini engib, oltin medalni qo'lga kiritdi.
-67 kg vazn toifasidagi hamyurtimiz musobaqada 4ta bahs o'tkazdi. Indoneziya, Singapur, Eron va Malayziya davlati sportchilarini mag'lubiyatga uchratdi. Sarvar finalda mezbon sportchilan 6:4 hisobida ustun keldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar