So’nggi yangiliklar

10:45Даниэль Дюбуа Жозеф Паркерга қарши WBO камарини ҳимоя қилиши мумкин 0 10:03Муроджон Аҳмадалиев Наоя Иноуэдан реванш олишига ишонмоқда 0 09:26"Ал Насср" ОФКдан "Ал Васл"га техник мағлубият ёзишни талаб қилмоқда 0 09:00Жавоҳир Синдаров — Clutch Chess: Champions Showdown 2026 чемпиони! 0 08:31Стрикленд - Имавов реванш жангининг қачон ўтказилиши айтилди 0 07:46Баҳодир Жалолов IBA President's Cup турнирида иштирок этади(ми?) 0 07:09Таниқли боксчи Эдгар Берланга Флоридада ҳибсга олинди 0 23:16Россия чемпионати тўпурари Ўзбекистонга қарши ўйинда иштирок этишдан бош тортди 0 22:45"Сизни қон кутмоқда". Адесанья UFC’даги навбатдаги жанги учун шартнома имзолаганини эълон қилди 0 22:04Конор Макгрегорнинг мураббийи шогирдининг жангларга қайтиш эҳтимолини баҳолади 0 21:30АCА 209: Холмурод Нурматов ва Саидёқуб Қаҳрамонов иштирокидаги турнирнинг тўлиқ карди билан танишинг 0 20:56МЮ ҳужумчиси йил охиригача сафдан чиқди 0 20:13UFC 334 чемпионлик жангининг захира иштирокчиси эълон қилинди 0 19:32Guangzhou Open. Кудерметова ва Тимофеева жуфтликда 1/4 финалга чиқди 0 18:57Махачевнинг мураббийи Исламнинг ММАдан кетишидан олдин кимлар билан жанг қилишини кўришни исташини ошкор қилди 0

18 iyu 18:44
Yangiliklar

Karate

Karate. Osiyo chempionati oldidan matbuot anjumani tashkil etildi + FOTO

Xabaringiz bor, 19-21 iyul kunlari poytaxtimiz karate bo'yicha Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi.

Bugun mazkur musobaqa oldidan poytaxtimizdagi "International" mehmonxonasida matbuot anjumani tashkil etildi. Unda Butunjahon karate federaciyasi prezidenti Antonio Espinoza, Osiyo karate federaciyasi rahbari General Nosir Abdulrazzoq hamda O'zbekiston karate Milliy federaciyasi raisi Alamjon Mullaev ommaviy axborot vositalari xodimlari savollariga javob qaytarishdi. 


Otabek Eshmamatov, UzA: Kongressda saylovdan tashqari yana qanday masalalar ko'rildi? Bu yig'ilish Osiyoda karate rivojiga qanday tasir ko'rsatadi?

Alamjon Mullaev:

-Poytaxtimizda nufuzli Kongress bo'lib o'tdi. Osiyo karate federaciyasiga yangi prezident saylandi. Bungacha tashkilotda Xitoy Taypeyi vakili 20 yildan buyon rahbar sifatida ishlab kelayotgandi. So'nggi paytda karate sportida biroz pasayish kuzatildi. Yangi rahbar General Nosir karate sportiga ko'p yillardan buyon xizmat qilib kelmoqdalar. U kishi orqali ko'pgina masalalar o'z echimini topmoqda. Ertaga yana yig'ilish bo'ladi va unda tashkilotga bosh kotib va vice-prezidentlar saylanadi. O'ylaymanki, hali yana yangiliklar bo'ladi. 


-Bosh kotiblikka qaysi mamlakat vakili nomzod sifatida ko'rsatilgan? 

-Mazkur lavozim uchun uch nafar nomzod bor. Ular orasida Markaziy Osiyodan vakil ham bor. Mazkur musobaqa mezbonligini qabul qilish, Kongressni o'tkazish oson bo'lmadi. Avvaliga mazkur tadbirlar Vetnamda o'tkazilishi lozim edi. Ammo, biz harakat qilib musobaqa va Kongressni Toshkentga qaytarib oldik. Tadbirlar orasida xalqaro seminarlar ham tashkil etildi. Unda 14 nafar hamyurtimiz xalqaro hakam toifasiga ega bo'ldi. Bu biz uchun juda muhim. O'zbek mutaxassislari qita miqyosida faoliyat yuritishsa, bu biz uchun, yurtimiz nufuzi uchun yaxshi. Mazkur chempionat g'olibi 930 Olimpiya reytingi ochkosini qo'lga kiritadi. Bu juda katta ochko. Umid qilamanki, vatanda o'tkaziladigan musobaqada sportchilarimiz yaxshi natija ko'rsata oladilar. 


Marina Yakubova, "SportTV": -Osiyoda karateni rivojlantirish uchun sizning rejalaringiz qanday? Ikkinchi savolim, karate Osiyo o'yinlari dasturidan olib tashlandi. 

Nosir Abdulrazzoq: -Bugun Osiyo karate federaciyasi prezidenti sifatida saylandim. Ertadan bu lavozimda rasman ish boshlayman. Kelajakda janob Espinoza bilan hamkorlikda karate rivoji yo'lida birga ish olib boramiz. 



SHavkat Jalilov, "O'zbekiston 24": -O'zbekistonda karateni rivojlantirish bo'yicha olib borilayotgan ishlardan ko'nglingiz to'ladimi? Yurtimizda nufuzli musobaqalarga mezbonlik qilish imkoniyati qanday? Kuni kecha xalqaro hakamlik toifasiga ega bo'lgan o'zbek hakamlari kelajakda Olimpiya o'yinlarida ishlashlari mumkinmi?

Antonio Espinoza: -Karate O'zbekistonda ham rivojlanayotganidan juda xursandman. So'nggi paytlarda yurtingizdan yuqori saviyadagi sportchilar etishib chiqdi. Kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionati ham nufuzli musobaqa hisoblanadi. O'zbekiston karate Milliy federaciyasi ham rivojlanib bormoqda. Buning uchun Alamjon Mullaevga minnatdorchilik bildiraman. 

Navbatdagi Olimpiya o'yinlarida kam sonli karatechilar qatnashadi. U erda butun jahondan hakamlar bo'ladi. Olimpiya o'yinlarida ishlaydigan hakamlar tarkibi deyarli shakllantirilgan. Ammo, bu borada O'zbekistonda ham imkoniyatlar bor. 


Otabek Eshmamatov, UzA: -Tokio Olimpiadasida boks bilan bog'liq muammolar bo'ldi. Karate faqatgina mezbon bo'lgani uchun emas, kelasi Olimpiya o'yinlarida ham o'yinlar dasturida qolish yo'lida qanday ishlar olib borilmoqda? 

 

Antonio Espinoza: -Boshqa federaciyalar haqida biror gap ayta olmayman. Karate Olimpiada dasturida qolishi uchun katta hajmda ish olib borilmoqda. O'ylaymanki, biz Olimpiya oilasida qolish yo'lida katta imkoniyatlarga egamiz. 



-O'zbekistonda karate markazi tashkil etish rejasi bormi?

Alamjon Mullaev: -Biz o'z bazamizni tashkil etish yo'lida ish olib boryapmiz. Yaqinda hukumat tomonidan karateni rivojlantirish yo'lida kerakli topshiriqlar berildi. Biz bu borada kerakli ishlarni amalga oshirmoqdamiz. Biz kelajakda nafaqat o'zbek sportchilari, balki osiyolik boshqa karatechilar uchun ham markaziy baza yaratmoqchimiz. O'zbekistonda 32 000 dan ortiq inson karate bilan shug'ullanadi. Bunday baza biz uchun ayni muddao bo'ladi deb o'ylayman. 


O'zbekiston karate Milliy federaciyasi matbuot xizmati uchun maxsus Aziz To'xtamurodov

Foto: Alimurod Mamadaminov

 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing