16 iyu 07:28
Yangiliklar
Karate
Karate. Osiyo chempionatida bronza bilan kifoyalandik
11-15 iyul kunlari Iordaniyaning Amman shahrida karatening olimpiya oilasiga mansub WKF yo'nalishi bo'yicha Osiyo chempionati bo'lib o'tdi.
Ushbu musobaqada ikki nafar o'zbekistonlik sportchi sovrindorlar qatoridan o'rin olishga muvaffaq bo'ldi. -60kg vazn toifasida Sadriddin Saymatov, -67kg vazn toifasida esa Iqboljon Uzoqov bronza medalini qo'lga kiritdi.
Yana ikki nafar sportchimizdan esa afsuski bronza medali uchun jangda omad yuz o'girdi va beshinchi o'rin bilan chegaralanishdi. Etakchilarini jarohatlardan saqlash maqsadida terma jamoamiz jamoaviy kumite bahslarida ishtirok etmadi.
Qayd etib o'tish lozimki, musobaqa karatechilarimiz uchun Osiyo o'yinlariga tayyorgarlikning so'nggi bosqichi bo'ldi. Musobaqa orqali sportchilarimizning texnik va ruxiy tomonlari yana bir marotaba ko'zdan kechirildi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar