So’nggi yangiliklar

19:02Хамзат Чимаев АҚШга виза олиш ҳақидаги саволга жавоб қайтарди 0 18:41"Реал" Родригога ўринбосар топиб қўйди 0 18:20Царукян қачон навбатдаги жангга тайёр бўлишини айтди 0 17:59Хамзат Чимаев: "Агар мен Олимпиячига қарши жанг қилсам, у мени йўқ қилиб ташлайди" 0 17:38Физиев: "Кунларни санашни бошладим" 0 17:16Россия октябрь ойида Эрон терма жамоаси билан ўйнайди 0 16:51Бетербиев Бивол билан трилогия бўйича баёнот берди 0 16:25Азизмурод Шабазов ва София Видрина фигурали учиш бўйича 2025 йилги Ўзбекистон чемпионати ғолиби бўлди 0 16:02Хамзат Чимаев Ислам Махачев билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 15:39Фабрицио Романо ёзда "Челси"ни тарк этадиган икки нафар футболчи номини айтди 0 15:17Фаолиятини якунлаган Дастин Порье UFC'да янги вазифада ишлайди 0 14:54Пакьяо қачон кейинги жангини ўтказиши маълум бўлди 0 14:31Оливейра Физиев билан жанг анонсига муносабат билдирди 0 14:10Жанлуижи Доннаруммага бошқа ТОП клублардан таклиф тушди 0 13:48"Аҳмоқ ва руҳан заиф инсон". Стрикленд — Чимаев ҳақида фикрларини билдирди 0

17 iyu 09:55
Yangiliklar

Karate

Karate. Osiyo chempionatidan 13 ta medal bilan qaytishyapti

Qozog'istonning Astana shahrida karate-do bo'yicha o'smirlar, yoshlar va kattalar o'rtasida Osiyo chempionati bo'lib o'tdi.

O'smirlar va yoshlar (14 yoshdan 20 yoshgacha) hamda kattalar (20 yoshdan yuqori) o'rtasida tashkil etilgan qita chempionatida Osiyoning 30 ta davlatidan 700 nafardan ziyod karatechilar tatamiga chiqishdi.

Qita chempionatida O'zbekiston terma jamoasi ham to'liq tarkib bilan ishtirok etdi. Terma jamoamiz tarkibidan 41 nafar sportchi joy olgan bo'lib, yakunda karatechilarimiz tomonidan jami 13 ta medal qo'lga kiritildi.  


Terma jamoamizga so'nggi medalni -60 kg vazn toifasida tatamiga chiqqan Sadriddin Saymatov keltirdi. Finalga qadar mag'lubiyatsiz etib borgan hamyurtimiz oltin medal uchun kechgan bahsda amaldagi jahon chempioni bo'lgan eronlik raqibiga yutqazib qo'ydi.

Barcha sovrindorlarimiz:

14-15 yoshlilar o'rtasida: 

-54 kg. Dildora Aliqulova (kumush)

-47 kg. Bonu Egamberdieva (bronza)

Durdona To'raqulova (yakka kata, bronza)

-70 kg. Islom Sattorov (bronza)

16-17 yoshlilar o'rtasida:

-48 kg. Nasiba Norboeva (bronza)

-53 kg. Mohichehra Yangiboeva (bronza)

18-21 yoshlilar o'rtasida

+68 kg. Aybibi Ahmedova (kumush)

-55 kg. Zulxumor Tursunalieva (bronza)

-61 kg. Dildor Annadurdieva (bronza)

-84 kg. Abdullaziz Atabaev (bronza)

Kattalar o'rtasida:

-60 kg. Sadriddin Saymatov (kumush)

-50 kg. Baxriniso Boboeva (bronza)

-67 kg. Sanjar Abdukarimov (bronza)

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing