31 jan 08:10
Yangiliklar
Karate: Sadriddin Saymatov Open-de-Paris g'olibi!
O'tgan yili Osiyo chempioni bo'lgan Sadriddin 2017 yilgi mavsumni ham chiroyli g'alaba bilan boshladi. Open-de-Paris - Premer-Liga Karate1 seriyasiga kiruvchi nufuzli turnir hisoblanadi.
Musobaqada 79 davlatdan jami 1247 nafar ishtirokchi medallar uchun tatamiga chiqdi. 60 kg vazn toifasida ishtirok etgan Sadriddin Saymatov barcha raqiblarini mag'lubiyatga uchratishga muvaffaq bo'ldi.
U hal qiluvchi final uchrashuvida malayziyalik Sentilkumaran Selvaraxni 6:0 hisobida mag'lub etib, Open-de-Paris g'olibiga aylandi. Turkiyalik Aykut Kayya va Eray Samdanga bronza medali nasib etdi.
Hamyurtimiz finalga qadar jahon chempionatining kumush medal sovrindori gollandiyalik Jeffri Berensa, jahon chempionatining bronza medal egasi franciyalik Sofyan Agudjilahamda sobiq jahon chempioni ukrainalik Igor Ugnichdan ustun keldi.
Fikrlar